20:24 / 08.01.2020
3 596

Markaziy bank 250 milliard so‘mlik obligatsiyalarini ochiq sotuvga qo‘yadi

Markaziy bank 250 milliard so‘mlik obligatsiyalarini ochiq sotuvga qo‘yadi
2020 yil 10 yanvarda o‘tkaziladigan auksion savdolarida milliy valyutadagi Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish to‘g‘risida xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2020 yil 10 yanvarda «O‘zbekiston respublika valyuta birjasi» aksiyadorlik jamiyati (O‘zRVB)ning savdo tizimida Markaziy bank obligatsiyalarini quyidagi shartlar asosida birlamchi joylashtirilishini e’lon qiladi.

Joylashtirish usuli: O‘zRVB savdo tizimida auksion orqali ochiq sotuv.
Emitent – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki.

Auksionda joylashtiriladigan obligatsiyalar rekvizitlari:
- Obligatsiya turi: Markaziy bank obligatsiyalari;
- identifikatsion raqam: 22001CBUSS;
- bir dona obligatsiyaning nominal qiymati: 1 000 000 (bir million) so‘m;
- joylashtirish sanasi: 2020 yil 10 yanvar;
- chiqarilish hajmi: 250 000 000 000 (ikki yuz ellik milliard) so‘m;
- muomala davri: 180 kun;
- obligatsiyalarning so‘ndirish sanasi: 2020 yil 10 iyul;
- foiz stavkasi: yillik 16%;
- kupon davri: 3 oy.

Kupon to‘lovlarini amalga oshirish sanalari:
- birinchi davr: 2020 yil 10 aprel;
- ikkinchi davr: 2020 yil 10 iyul;

Auksion o‘tkazish shartlari:
- arizalarni qabul qilish vaqti: 09:30 – 11:30;
- arizalarni qondirish vaqti: 15:00 – 16:00;
- to‘lov valyutasi: so‘m;
- auksion savdolarida raqobatsiz buyurtmanomalar qabul qilinmaydi;
- bitimlar qiymatini yaxlitlash: matematik yaxlitlash usuli bilan verguldan keyin ikkita belgigacha.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank 250 milliard so‘mlik obligatsiyalarini ochiq sotuvga qo‘yadi