O‘zbekistonda 2020 yil uchun inflyatsiyaning bazaviy prognozi 12 - 13,5 foiz darajasida belgilangan. Bu Markaziy bank ma’lumotida ko‘rsatib o‘tilgan.
Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulovning so‘zlariga ko‘ra, yil davomidagi inflyatsiya darajasi 15 foizgacha yetishi ehtimoli ham yo‘q emas.
«Bizda maqsadli va prognoz trayektoriyalar bor. Prognoz trayektoriyamiz biroz yuqoriroq, ayrim ssenariylar bo‘yicha 2020 yilda 14-15 foizgacha boryapti. Lekin bizning maqsadimiz – bu yil inflyatsiyani 12 foizdan past darajada ushlab turish, 2021 yilda esa bir xonali songa olib tushish, 2023 yilga borib esa 5 foizlik targetga erishish.
Bu maqsadli rejalar qandaydir tashqi shok holatlari ro‘y bermasligi ehtimolidan kelib chiqib belgilangan. Qandaydir o‘zgarish bo‘lsa ham, bu qisqa muddatli og‘ish hisoblanadi va biz yana maqsadli trayektoriyaga qaytishga harakat qilamiz», – dedi Norqulov «O‘zbekiston 2020» dasturidagi chiqishi vaqtida.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatda 2019 yilgi inflyatsiya darajasi prognoz koridorining yuqori chegarasida shakllanib, 15,2 foizni tashkil etgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»