O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga murojaatnomasi qishloq xo‘jaligi masalalari haqida ham to‘xtaldi.
"Tarmoqdagi hozirgi o‘sish sur’atlari bizni mutlaqo qoniqtirmaydi. Bu borada bozor mexanizmlarini keng joriy etib, fermer va dehqonlar manfaatdorligini oshirmas ekanmiz, biz kutgan sezilarli o‘zgarish bo‘lmaydi. Shu bois, paxta va g‘alla yetishtirishga davlat buyurtmasini bekor qilib, ushbu mahsulotlarni bozor tamoyillari asosida xarid qilish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tamiz. Agar bu yo‘ldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin bo‘lmaydi, ular o‘zlari kutganlaridek manfaat ko‘rmaydi, hokimlarning esa ish uslubi o‘zgarmaydi.
Kelgusida Qishloq xo‘jaligi vazirligi soha korxonalariga ko‘rsatma berish, resurslarni taqsimlash, reja belgilash kabi eski ish usullaridan mutlaqo voz kechishi zarur. Buning o‘rniga vazirlik servis tashkilotiga aylanishi, xususiy agrosanoat tashkilotlariga yer holatini aniqlash, ekin turlari va urug‘ni to‘g‘ri tanlash, zararkunandalarga qarshi kurashish, moliyaviy ko‘maklashish, mahsulot bozorini topish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishi kerak.
Agrar tarmoqda fermerlik harakatini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, paxta va g‘alla yetishtirishni klaster shakliga bosqichma-bosqich o‘tkazish bo‘yicha izlanishlarimizni davom ettiramiz", - dedi Prezident. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi