date
views 3 942

O‘zbekistonda oltin va kumush yombilar sotiladigan maxsus uskunalar o‘rnatiladi

O‘zbekistonda oltin va kumush yombilar sotiladigan maxsus uskunalar o‘rnatiladi
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida turizm xizmatlarini yanada diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Markaziy bank:
a) Moliya vazirligi bilan birga 1, 3 va 5 grammli oltin va kumush yombi ishlab chiqarish, shuningdek, ularni vending uskunalari orqali sotuvga chiqarish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi;

b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birga quyidagi bosqichlarda o‘ntadan kam bo‘lmagan vending uskunalarini o‘rnatilishini ta’minlaydi:

- 2020 yil 1 iyuliga qadar – Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrining turizm namoyish ob’ektlari, shu jumladan joylashtirish vositalari va turizm axborot markazlarida;
- 2021 yil 1 yanvariga qadar – respublikaning boshqa hududlarida.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining takliflariga asosan:
- Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tgan, rekonstruksiya va kapital ta’mir qilinuvchi professional kollejlar;
- Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan har yili 1 iyulga qadar shakllantiriluvchi va taqdim etiluvchi turizm namoyish ob’ektlariga olib boriluvchi yo‘llar;
- “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan qishloq aholi punktlari ro‘yxatlari 2021 yilga mo‘ljallangan Davlat investitsiya dasturiga kiritilishini ta’minlaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda oltin va kumush yombilar sotiladigan maxsus uskunalar o‘rnatiladi