16:07 / 13.02.2020
2 747

Biznes uchun qoyilmaqom yechimlar!

Biznes uchun qoyilmaqom yechimlar!
"Hamma narsa “9900 so‘mdan", "Hamma narsa 5000 so‘mdan" singari do‘konlarga duch kelgandirsiz. Bunday do‘konlarda, odatda, arzon narxlarda keraksiz narsalar sotiladi. Bu g‘oyani qahvaxonalar tarmog‘i uchun qo‘llab ko‘rish hali hech kimning xayoliga kelmagan edi. To uni isroillik biznesmen Avi Kats amalga oshirmaguncha.

Kunlarning birida Sofix qahvaxonalar tarmog‘ining egasi hamma narsaga bir xil narx belgiladi: sendvichlar-u sushilar, burgerlar-u qahvalarga ham. Uning Fixed price modeli bo‘yicha har qanday mahsulot narxi 5 shekelni (taxminan, 14 ming so‘m) tashkil qiladi. Isroil uchun bu kulgili narx.

Boshida bu zarar keltiradiganday tuyuldi, ammo aksi bo‘ldi. Gap shundaki, statistikaga ko‘ra, mijoz faqatgina qahva, sushi yoki gamburger buyurtma qilmaydi. O‘rta hisobda sotuvchi baribir foyda ko‘radi.
Olti yilda, Katsning tarmog‘i ikki-uchtadan 150 ta qahvaxonaga ko‘paydi. Bu yutuq uncha yirik bo‘lmagan Isroil davlati uchun ancha yaxshi natija.

Ana shunaqa, biznesda raqobatchilarni ortda qoldirish uchun odatiy usullardan tashqari nostandart yechimlarni qo‘llashdan qo‘rqmaslik lozim.

UPGRADE | Biznes maktab

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Biznes uchun qoyilmaqom yechimlar!