07:53 / 15.02.2020
3 299

Shavkat Mirziyoyev klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan asosiy maqsad nimaligini aytdi

Shavkat Mirziyoyev klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan asosiy maqsad nimaligini aytdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 fevral kuni meva-sabzavotchilik klasterlarini samarali tashkil qilish, paxtachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish hamda davlat ehtiyojlari uchun paxta va g‘alla yetishtirish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

2025 yilgacha mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti hajmini 100 milliard dollar, yillik eksportni 30 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Bu ko‘rsatkichlarga erishish uchun qishloq xo‘jaligi sohasida ham juda katta rezerv va imkoniyatlar bor.

Yig‘ilishda klasterlar takliflari asosida eksportbop ekinlarni joylashtirib, zarur urug‘lik, ko‘chat, mineral o‘g‘it, yoqilg‘i masalasini hal qilish va ularning ta’minotini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Joylarda klasterlar faoliyatini samarali tashkil etishga viloyatlar va tumanlar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari shaxsan mas’ul etib belgilandi.

Markaziy bank va tijorat banklari rahbarlarining o‘rinbosarlaridan biri meva-sabzavotchilik klasterlarini aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash va ular tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarni o‘z vaqtida moliyalashtirishga mas’ul qilindi.

– Klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan asosiy maqsad – eksport hajmini oshirish. Buning uchun esa yangi bozorlarni topish kerak. Bozor bo‘lmasa, eksport ham bo‘lmaydi, klaster tizimi ham yurmaydi. Shuning uchun chet ellardagi talabni muntazam o‘rganib, imkoniyatlardan samarali foydalanish, eksportda izchillikni ta’minlash kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Shavkat Mirziyoyev klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan asosiy maqsad nimaligini aytdi