O‘zbekistonda onlayn biznes rivojlanishi uchun hal qilinishi kerak bo‘lgan jiddiy masalalar bor. Ana shu masalalarni 3, 4-5 yil ichida hal qilishimiz kerak, deb hisoblaydi Anvar Irchayev.
«Orient Capital Management» kompaniyasi direktori Anvar Irchayev MFactor loyihasi doirasida inqiroz davrida moliyaviy boshqaruv mavzusida o‘z fikrlarini bildirdi.
«So‘nggi ko‘rsatuvlarda ko‘p eshitdik, endi buyog‘iga oflayn bo‘lmaydi, odamlar onlaynga o‘rgandi, hamma narsa onlaynga o‘tib ketdi degan [fikrlar bo‘ldi]. Men bu g‘oyaga uncha qo‘shilmayman», deydi Anvar Irchayev.
U O‘zbekistonda onlayn biznes rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan masalalarni sanab o‘tdi.
«Onlayn biznes rivojlanishi uchun O‘zbekistonda 2-3ta jiddiy masalalar bor. Ana shu masalalarni balki 3, 4-5 yil ichida hal qilishimiz kerak.
Birinchi masala bu – internet yo‘qligi, internet tezligining pastligi. Internetning kirib borish ko‘rsatkichi kam. O‘zbekiston bo‘yicha keng polosali internetning kirib borishi 7-10 foiz. Qozog‘iston yoki Rossiyada bu 70-80 foizgacha borgan. Rossiyada 1999-2000-yillarda internetning kirib borishi 7-9 foiz bo‘lgan. U paytda o‘zim ham Moskvada ishlaganman, u vaqtda Rossiyada onlayn biznes bo‘lmagan. Shuning uchun O‘zbekistonda onlayn biznes bo‘lishi menimcha juda katta masala.
Ikkinchi sabab – O‘zbekistonda aholi jon boshiga YAIM juda kam. Bu kam degani odamlarning sotib olish qobiliyati hali juda past. Sotib qolish qobiliyatining pastligi o‘rtacha chekning summasi past degani. Rossiyada onlayn yetkazib berishning o‘rtacha cheki 70-80 dollar. O‘zbekistonda o‘rtacha chekning o‘rtacha summasi balki 10 dollar, ko‘pi bilan 20 dollar.
O‘zingiz ham o‘ylab ko‘rishingiz kerak: shu 20 dollardan onlayn market necha foiz pul topyapti? Menimcha, ularning marjasi 3 foiz. 20 dollardan 3 foiz degani bu – 70 sent. Ya’ni bir odamning ishini bitir, paketlarga yig‘, uni yetkazib beruvchi bilan yetkazganda 3 foiz, 70 sent pul topyapti. Bu narsa cheklangan. 70 sentdan odam soni, kuniga ko‘paytirsangiz, kompaniyaning yalpi tushumi qancha bo‘ladi. Tushumi menimcha, past bo‘lsa kerak. Kompaniyaning tushumi kam bo‘lganidan keyin u qanday rivojlanadi? Qanday qilib odamlarni o‘rgatadi, qanday qilib yetkazib beruvchilarga pul to‘laydi, qayerdan IT-texnologiyalarga investitsiya kiritadi?
Ob’ektiv masalalar bor, biz shu masalalarni yechishimiz kerak.
Uchinchi masala – hamma onlayn masalalar reklamaga borib taqaladi. Makro, Korzinka ’ni bilamiz, o‘tgan-ketganda ularni ko‘ramiz. Ichiga kirib, mahsulot sotib olib, uyga olib boraylik deymiz. Lekin onlayn servisni yo‘lga qo‘yganda bu narsani reklama qilish kerak. Reklama qilib odamlarga yetkazsa, shunda odamlar bu narsani biladi»,deydi Anvar Irchayev. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi