Foto: Shutterstock
Tadbirkorlar muammolarini tezda hal etish, qiziqtirgan savollariga javob olishi uchun yangi tizim ishlab chiqildi.
Endi vaqtingizni behuda sarflab, qog‘oz ko‘tarib yurishga hojat yo‘q. Hatto kompyuter ham kerak emas. Faqat mobil telefon va Telegram ilovasi bo‘lsa kifoya.
Telegramda @SektorUzBot qidiruvini amalga oshirib sektor xizmatlariga ulanish mumkin. Tegishli til tanlanganidan so‘ng Telegramda ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamini tasdiqlash kerak bo‘ladi.
So‘ngra “Sektor rahbariga murojaat” tugmasi bosilib, viloyat va istiqomat qilayotgan hudud tanlanadi. Tadbirkorlik sub’ekti STIRi va telefon raqami kiritilganidan so‘ng murojaat qoldirish mumkin.
Murojaat holatini tekshirish menyusi orqali masalaning o‘rganilish jarayonini kuzatib borish mumkin.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdulla Azizovning ma’lum qilishicha, murojaatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri portalga borib tushadi. Barcha kelib tushgan murojaatlar avtomatik ravishda taqsimlanadi.
Bot orqali yo‘llangan murojaat qat’iy nazoratga olinib, unga ID raqami biriktiriladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati uch ish kuni etib belgilangan. Mazkur tizim Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, sektor va tashkilotlar rahbarlari tomonidan yuritiladi.
“Sektor rahbarlari o‘zlariga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rishadi va tegishli tashkilotlarga bu haqda ma’lum qilishadi. Tashkilotlar esa bu muammolarni o‘rganib hal qilganidan so‘ng bu haqda portalga ma’lumot beradi. Umumiy nazoratni tuman hokimining birinchi o‘rinbosari amalga oshiradi. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari viloyat darajasida kelib tushayotgan barcha murojaatlarni o‘rganishi va tuman hokimining birinchi o‘rinbosariga murojaat qilishi mumkin”, deydi u.
Ushbu tizim sinov tariqasida Sirdaryo viloyatining Boyovut va Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida ishga tushirildi. Azizovning so‘zlariga ko‘ra, bir hafta ichida 300dan ortiq murojaatlar kelib tushdi va bu murojaatlarning 90 foizi bir kunda hal etildi.
@SektorUzBot tadbirkorlarning muammolarini masofadan hal etishga xizmat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi