10:36 / 02.05.2020
3 532

Markaziy bank yaqin vaqt ichida pul o‘tkazmalari va valyuta kursi bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘lishini ma’lum qildi

Markaziy bank yaqin vaqt ichida pul o‘tkazmalari va valyuta kursi bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘lishini ma’lum qildi
Markaziy bank tomonidan "2020 yilning I choragi uchun pul-kredit siyosati sharhi" taqdim etildi. Sharhda pul-kredit sharoitlari, tashqi va ichki iqtisodiy vaziyatlar va prognozlar, inflyatsiya darajasi va inflyatsion kutilmalar haqida ma’lumot va tahlillar keltirilgan.

Qayd etilishicha, asosiy savdo-hamkor davlatlarda iqtisodiy faollikning pasayishi O‘zbekistonga valyuta oqimi hajmiga ta’sir ko‘rsatadi.
Markaziy bank hisob-kitoblariga ko‘ra, tashqi iqtisodiy sharoitlarning O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarining kamayishiga salbiy ta’siri 2020 yilning II choragidan boshlab to‘liq namoyon bo‘la boshlaydi va ularning hajmi yil oxiriga qadar o‘tgan yilga nisbatan past bo‘ladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilga nisbatan 30-35 foizga qisqaradi. Bunda, aprel-iyul oylarida pul o‘tkazmalarining kamayishi (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan oylik) 50 foizga yetishi mumkin va keyinchalik bosqichma-bosqich tiklanish kuzatiladi.

Joriy yilning aprel oyida pul o‘tkazmalari hajmi 2019 yilning mos oyiga nisbatan 50 foizga kamaydi. Biroq, joriy yil aprelda pul o‘tkazmalari hajmining haftalik tahlilida, aprelning uchinchi haftasidan boshlab ma’lum bir tiklanish qayd etila boshladi.

Joriy yilning mart oyidan boshlab, asosiy savdo hamkorlar valyutalarining qadrsizlanishi va asosiy xomashyo tovarlari narxlarining pasayishi sharoitida, eksport va pul o‘tkazmalaridan valyuta tushumlari sezilarli darajada pasaydi. Ayni paytda, respublikada past iqtisodiy faollik sharoitida importga bo‘lgan talabning sezilarli o‘sishi kuzatilmadi.

Aprel oyining dastlabki 3 haftasida dollar almashuv kursi o‘rtacha 6,7 foizga o‘sdi. Bunga, o‘z navbatida, ichki valyuta bozorida almashuv kursining ma’lum darajada to‘g‘rilanishi sifatida qarash mumkin”, - deyiladi sharhda.

So‘m almashuv kursidagi mazkur to‘g‘rilanish joriy yil mart oyida asosiy savdo hamkorlarimiz milliy valyutalarining qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan real effektiv almashuv kursi tafovutining yopilishiga xizmat qildi.

Bundan tashqari, joriy yil apreldan boshlab asosiy savdo hamkorlar valyutalari kurslari qadri biroz oshib, nisbatan barqaror dinamikani ko‘rsatmoqda.

Qisqa muddatli istiqbolda fundamental omillar tomonidan so‘mning nominal almashuv kursiga devalvatsion bosimning yuzaga kelishi kutilmayapti, deyilgan ma’lumotda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank yaqin vaqt ichida pul o‘tkazmalari va valyuta kursi bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘lishini ma’lum qildi