
Joriy yilning 3 may kunidan O‘zbekistonda AI-80 markali benzin narxi arzonladi. Energetika vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ayni paytda bunday markadagi benzin narxi 1 litri uchun 4000 so‘m sotilmoqda.
Ta’kidlanishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yilning 4 aprel kuni “Neft-gaz tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror imzolangan edi.
Mavzkur qarorga muvofiq 1 maydan e’tiboran AI-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi. Shuningdek, neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan AI-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi faqat birja savdolari orqali sotilishi belgilab qo‘yildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar