11:39 / 11.06.2020
2 269

Qimmatli qog‘oz sotib olganlar daromad solig‘idan ozod qilinishi mumkin

Qimmatli qog‘oz sotib olganlar daromad solig‘idan ozod qilinishi mumkin
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan aksiyalarni ommaviy joylashtirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadigan Prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha muhokamasi 25 iyungacha davom etadi.

Hujjatda soliq imtiyozlari ham taklif etiladi.

Shunday qilib, aksiyadorlik jamiyatlari va investitsiya vositachilari 2023 yil 1 sentabrgacha belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida daromad solig‘ini to‘laydilar.

Quyidagi hollarda yuridik shaxslar foyda solig‘idan va jismoniy shaxslar daromad solig‘idan ozod qilindi:

- bir yildan ortiq muddatga milliy valyutada joylashtirilgan qarz majburiyatlaridan olingan daromadlar;

- birja kotirovkalari ro‘yxatining eng yuqori toifasiga kiritilgan qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar) bo‘yicha dividendlar va foizlar;

- aksiyalar va obligatsiyalar sotib olishga ajratilgan miqdordagi shaxsiy daromad.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Qimmatli qog‘oz sotib olganlar daromad solig‘idan ozod qilinishi mumkin