13:23 / 17.06.2020
2 157

O‘zbekistonda yangi investitsiya kompaniyasi tashkil etildi

O‘zbekistonda yangi investitsiya kompaniyasi tashkil etildi
«Xususiylashtirish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Hukumat qarori (381-son, 15.06.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, davlat ishtirokidagi korxonalarning investitsiyaviy jozibadorligini ta’minlash uchun sotishdan oldin tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish va salohiyatli investorlarga sotish orqali xususiylashtirishning muvaffaqiyatli natijalarini ta’minlash bo‘yicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Agentlik) muassisligida aksiyadorlik jamiyati shaklida «UzAssets» investitsiya kompaniyasi tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari belgilandi.

Kompaniyaning ustav kapitali Agentlik huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi hisobidan 20,0 mlrd so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari hamda tegishli korxonalarning davlat aksiya paketlari (ulushlari) nominal qiymatida berish hisobiga shakllantiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda yangi investitsiya kompaniyasi tashkil etildi