18:06 / 17.06.2020
3 161

1 iyuldan 200 va 500 so‘mlik qog‘oz pullar muomaladan chiqariladi

1 iyuldan 200 va 500 so‘mlik qog‘oz pullar muomaladan chiqariladi
Markaziy bankning eski namunadagi 50 va 100 so‘mlik tangalari, shuningdek, 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan 1997 yil namunasidagi 200 so‘mlik va 1999 yil namunasidagi 500 so‘mlik banknotlar 1 iyuldan qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotadi.

«Eski namunadagi ushbu pul belgilari 1 iyulga qadar barcha tijorat banklari bo‘linmalari, 1 iyuldan keyin esa Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan qabul qilinadi va muomaladagi pul belgilariga cheklanmagan miqdorda almashtirib beriladi», deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan, fuqarolarda eski namunadagi 200 so‘mlik va 500 so‘mlik banknotlari mavjud bo‘lsa, belgilangan tartibda muomaladagi pul belgilariga almashtirib olish mumkinligi eslatib o‘tilgan.

Eslatib ztamiz, 2019 yil 1 iyulidan Markaziy bankining eski namunadagi 50 so‘mlik, 100 so‘mlik tangalari hamda 50 so‘mlik va 100 so‘mlik banknotlari to‘lov qobiliyatini yo‘qotib, muomaladan chiqarilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 1 iyuldan 200 va 500 so‘mlik qog‘oz pullar muomaladan chiqariladi