23:40 / 19.06.2020
3 536

Prezident alohida soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Prezident alohida soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi
Prezidentning «Alohida soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq:
  • soliqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar, agar ularning o‘zida ushbu soliqdan ozod qilish to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ijtimoiy soliqqa nisbatan tatbiq etilmaydi;
  • O‘zbekiston norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslardan sotib olinadigan ishlar (xizmatlar) uchun QQS bo‘yicha berilgan imtiyozlar, O‘zbekistonda doimiy muassasalar orqali faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar – norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar (xizmatlar)ga tatbiq etilmaydi.

Shuningdek, Farmonga muvofiq Prezidentning qator farmon va qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilib, qator soliq imtiyozlari bekor qilinmoqda.

Jumladan, prezidentning PF-3878-son Farmonida belgilangan yosh oila a’zolarining soliqqa tortiladigan ish haqi va boshqa daromadlarning shaxsiy uy-joy yoki ko‘p qavatli uyda xonadon qurish, ta’mirlash va sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlari va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo‘naltirilgan mablag‘ni daromad solig‘idan ozod qilish to‘g‘risidagi norma 2021 yil 1 yanvardan bekor qilinadi.
Farmon 2020 yil 1 oktabrdan kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Prezident alohida soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi