08:25 / 29.07.2020
2 928

O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurash uchun 1 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ oldi

O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurash uchun 1 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ oldi
Foto: Paul Yeung/Bloomberg
Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) va Jahon banki tomonidan koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga ajratilgan kreditlarning umumiy hajmi 1 milliard dollardan oshdi.

Moliya vazirligi Davlat ichki va tashqi qarz departamenti direktori Jasur Qarshiboyev qarzlar qanday shartlar asosida olinayotgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Jahon banki tomonidan Islohotlarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi (2-transh) yuzasidan qo‘shimcha moliyalashtirish sifatida 200 mln. dollar miqdoridagi imtiyozli kredit 30 yil muddatga (shundan, 5 yil imtiyozli davr) 1,2 foiz o‘zgaruvchan stavkada (6 oylik libor + 0,88 foiz o‘zgaruvchan spred) ajratildi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan respublika iqtisodiyotiga koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida 375 mln. AQSH dollari ekvivalentida kredit mablag‘lari ajratildi.

Imtiyozli kreditlar o‘z ichiga 10 yil muddatga (shundan, 5 yil imtiyozli davr) 125 mln. AQSH dollariga teng foizsiz tezkor kreditlash liniyasi va 5 yil muddatga (shundan, 3 yil imtiyozli davr) 250 mln. AQSH dollari 1,05 foiz o‘zgaruvchan stavkadagi tezkor moliyalashtirish instrumentini oladi.

Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 500 mln. AQSH dollari miqdoridagi budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyozli kredit 15 yilga (shundan, 3 yil imtiyozli) 0,84 foiz o‘zgaruvchan stavkada (6 oylik libor + 0,5 foiz) ajratildi.

Bildirilishicha, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga xalqaro moliyaviy institutlardan jalb qilingan mablag‘larni prezidentning hamda hukumatning tegishli farmon, qaror va ko‘rsatmalariga asosan ajratilmoqda hamda mazkur ajratilgan mablag‘larning sarfi bo‘yicha tegishli ma’lumotlar Moliya vazirligi tomonidan muntazam ravishda e’lon qilinib kelinmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurash uchun 1 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ oldi