Qashqadaryo viloyati hokimligi vakillari Niderlandiyaning «BOM Group» kompaniyasi rahbariyati bilan onlayn muzokaralar o‘tkazdi. Videokonferensiya O‘zbekistonning Beniluks mamlakatlaridagi elchixonasi tomonidan Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Bu haqda «Dunyo» AA deb xabar berdi.
1966 yilda tashkil etilgan «BOM Group» kompaniyasi issiqxona majmualarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning yillik aylanmasi 65 million yevroni tashkil qiladi. Yaqin yillarda kompaniya o‘z aylanmasini 200 million yevroga oshirish niyatida. «BOM Group»ning biznes falsafasi dunyo aholisining ko‘payishi hisobiga suv va energiya resurslaridan oqilona foydalanishga yangicha yondashuvlar ishlab chiqish atrofida qurilgan. Bu esa, o‘z navbatida, global oziq-ovqat iste’molining oshishini anglatadi. Kompaniya loyihalarni ham tayyor shaklda, yakuniy natija uchun 100 foiz javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan holda amalga oshiradi. Shuningdek, issiqxona majmualarining ayrim qismlarini yetkazib berish bo‘yicha individual buyurtmalarni qabul qiladi.
2019 yil mart oyida kompaniya rahbariyati Niderlandiya qishloq xo‘jaligi missiyasi doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Safar muvaffaqiyatli o‘tdi va niderlandiyalik mutaxassislar mamlakatdagi issiqxona majmualarini ishlab chiqaruvchilarning imkoniyatlari bilan tanishib, o‘z loyihalarini amalga oshirishga doir ma’lumotlarni olishdi.
Taqdimot davomida Niderlandiya tomoni kompaniya strategiyasi innovatsion texnologiyalarni izlash va qo‘llashga qaratilganini ta’kidladi. Yaqin kelajakda «Ultra-Clima» texnologiyasidan foydalangan holda beshinchi avlod issiqxonalarini ishlab chiqarishga o‘tish rejalashtirilmoqda. Bu hosildorlikni oshirish, oziq-ovqatning yuqori xavfsizligi, energiya va suvning kam sarflanishi bilan ajralib turadi. Ushbu issiqxonalar barcha fasllarda barqaror iqlimni saqlab turadi. Masalan, yozda bunday issiqxonalar adiabatik panellar tufayli o‘z-o‘zidan soviydi. Energiya tejashga issiqlik energiyasidan foydalanish orqali erishiladi. Ularda 90 foiz issiqlikni ishlab chiqaradigan lampalarga katta e’tibor beriladi.
Kompaniya menejeri Rob de Vit O‘zbekiston bilan hamkorlik istiqbollariga to‘xtalib, zamonaviy issiqxona majmualarini birgalikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun O‘zbekiston bozori imkoniyatlarini o‘rganishga qiziqish bildirdi.
— Biz Niderlandiya issiqxona texnologiyalari narx jihatidan boshqa mamlakatlar ishlab chiqaruvchilari bilan raqobatlasha olmasligini tushunamiz, ammo sifat jihatidan ular ancha yaxshi, — dedi Rob de Vit. —Biroq, bu kelajakda sarmoya keltirishini tushunishimiz kerak. Shu bilan birga, narx ko‘p jihatdan po‘lat va aluminiydan tayyorlangan yuqori sifatli materialdan kelib chiqadi, uni «BOM Group» oddiy plastmassa o‘rniga ishlatadi.
Suhbatdosh hamkorlik faqat bir martalik buyurtmani bajarish bilan cheklanmasligiga bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy issiqxonalar qurish bilan bir qatorda Niderlandiya tomoni O‘zbekiston agronomlarini meva va sabzavot yetishtirish texnologiyalari bo‘yicha o‘qitishga tayyor.
O‘z navbatida, Qashqadaryo viloyati hokimligi vakillari mintaqaning investitsiya imkoniyatlari bilan tanishtirdi va qishloq xo‘jaligi uchun kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorliklarini bildirdi.
Tomonlar Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida 1 gektarlik issiqxonaga ega sinov loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishib oldi. Ushbu loyiha mintaqadagi agronomlar uchun o‘ziga xos namunaviy markazga aylanishi mumkin. Chunki, u yerda mahalliy mutaxassislar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha Niderlandiya standartlari bo‘yicha o‘qitiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari