21:46 / 04.09.2020
3 655

O‘zbek qovunining dovrug‘i dunyoga yoyilmoqda

O‘zbek qovunining dovrug‘i dunyoga yoyilmoqda
O‘zbekiston Respublikasining Beniluks mamlakatlaridagi elchixonasi ko‘magida Farg‘ona viloyatidan mahalliy eksportyor "Top Cherry" mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan yetishtirilgan o‘zbek qovuni Niderlandiyaga yetkazib berildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Niderlandiyaning Win and Win kompaniyasi bilan imzolangan shartnomaga muvofiq, 20 tonna poliz ekinining birinchi jo‘natmasi 31 avgust kuni Di Liyera shahri omboriga yetkazib berildi. Kelajakda qovunlar Rotterdam shahri va uning atrofidagi do‘konlarga ham yetkazilishi rejalashtirilgan.

Import qiluvchi kompaniya rahbari Mehmet Masmasaning ta’kidlashicha, Niderlandiya bozori O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun istiqbollidir. «Lolalar mamlakati» yangi uzilgan va quritilgan mevalarni, ayniqsa, qora va xilma-xil rangdagi mayiz, shuningdek, yong‘oqlarni import qilishdan manfaatdor.

Niderlandiya bozorini o‘rganish jarayonida poliz ekinlari, ayniqsa shirinligi tilni yoradigan o‘zbek qovunlarini sotib olishga bo‘lgan qiziqish yuqoriligi ma’lum bo‘ldi.

Niderlandiyalik importyor o‘zbek mahsulotlarining yuqori sifatini qayd etar ekan, ularning qadoqlash, sertifikatlash va saralashda Yevropa standartlariga mosligini qayd etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbek qovunining dovrug‘i dunyoga yoyilmoqda