23:28 / 10.09.2020
4 272

Dollar taqdiri: jiddiy tebranishlar yuz beradimi?

Dollar taqdiri: jiddiy tebranishlar yuz beradimi?
Kuz-qish mavsumida o‘zbek so‘mining valyutaga nisbatan qadrsizlanmasligi imkoniyatlari haqida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar qiladi Sputnik O‘zbekiston.

MB raisining aytishicha, jahon iqtisodiyotidagi vaziyatning yomonlashuvi, valyuta tushumlari kamayishi va tashqi savdo aloqalardagi hajmning pasayishi aksariyat davlatlar milliy valyutalari qadrsizlanishi fonida shakllanib bordi.

"Mana bugungi kunda AQSH dollari ham 8,2% miqdorida qadrsizlanyapti. Bizning so‘mimizni almashinuv kursi ham xuddi shu devalvatsion fon sharoitida o‘zini tebranishini amalga oshirib bordi. Aprel oyidagi keskin tebranish - qariyb 6% atrofidagi qadrsizlanishdan keyin, may-avgust oylarida so‘m kursi nisbatan barqaror tebranayotganini kuzatayapmiz", - deya tushuntirdi Nurmuratov.

Ta’kidlanishicha, umuman, oxirgi 7 oy davomida umumiy devalvatsiya darajasi 8% atrofida shakllandi.
MB valyuta kursi bo‘yicha prognoz berishdan yiroq, lekin tahlillar va kuzatuvlar so‘m kursi "jiddiy tebranishlarsiz shakllanishidan dalolat bermoqda", deydi Nurmuratov.

"Kelgusida biz valyuta kursini o‘zini fundamental trendiga yaqin darajada shakllanishini va real effektiv almashuv kursida jiddiy tebranishlar ro‘y bermasligini kutmoqdamiz", - deya aniqlik kiritdi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Dollar taqdiri: jiddiy tebranishlar yuz beradimi?