10:36 / 29.09.2020
2 036

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga COVID-19'ga qarshi kurashish uchun 2 mln yevro ajratdi

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga COVID-19'ga qarshi kurashish uchun 2 mln yevro ajratdi
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda COVID-19’ga samarali, tez va muvofiqlashtirilgan javob qaytarish choralariga bag‘ishlangan loyihaga 2 million yevro ajratdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining mamlakatdagi vakolatxonasi tomonidan amalga oshiriladigan loyiha, eng avvalo, tibbiyot muassasalarining tibbiy va birinchi bo‘g‘in xodimlariga shaxsiy himoya vositalarini taqdim qilishga alohida urg‘u beradi.

Bugungi kunda O‘zbekistondagi mavjud deyarli barcha shaxsiy himoya vositalari (SHHV) COVID-19’ga chalingan bemorlarni va ular bilan aloqa qilganlarni aniqlash, saralash, tekshirish, yakkalash va davolash uchun ishlatiladi. Bu hol COVID-19 gumon qilingan yoki tasdiqlangan holatlardan tashqari boshqa bemorlarga, masalan, tug‘ruqxona, sil va OITV klinikalari, stomatologiya, poliklinika va shu kabilarda xizmat ko‘rsatayotgan tibbiy xodimlarning katta qismini himoyasiz qoldirmoqda.

Yevropa Ittifoqi vakolatxonasining xabar berishicha, JSST tavsiya qilgan SHHVni nafaqat COVID-19’ga chalingan bemorlar bilan ishlayotgan tibbiy xodimlar uchun, balki boshqa sog‘liqni saqlash xizmat va muassasalaridagi tibbiy xodimlar uchun ham xarid qilish COVID-19 tarqalishini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

- Tibbiy xodimlar har kunimizning qahramonlaridir va bizni himoya qilayotganda ular xavfsiz ishlay olishiga biz amin bo‘lishimiz shart. Ushbu loyiha O‘zbekistonga pandemiyaga javob choralari doirasida Yevropa hamjamiyati ajratgan 36 million yevro yordamining asosiy qismini o‘zida mujassam etadi, - dedi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi muvaqqat ishlar vakili Yussi Narvi.

- Yetarli darajada xarid qilingan sifatli shaxsiy himoya vositalari mamlakatdagi barcha tibbiy xodimlarga yetkazish uchun yetarlicha bo‘lib, bu tibbiy xodimlar orasida kasallik tarqalishi tufayli yana yo‘qotishlar ro‘y berishining oldini olishga va aholi orasida COVID-19 holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi, - dedi JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lianne Kuppens.

Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magi va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining yaqindan hamkorligi natijasida loyiha keyingi 2 yilga mamlakatdagi barcha tibbiy xodimlar uchun yetarli miqdorda va yuqori sifatli SHHV sotib olish orqali infeksiyalar profilaktikasi va infeksion nazorat choralarini mustahkamlaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga COVID-19'ga qarshi kurashish uchun 2 mln yevro ajratdi