Iqtisodchi Yuliy Yusupov O‘zbekiston qachongacha kambag‘al davlat sifatida qolishi haqida Feysbukda fikr bildirdi:
“Nega O‘zbekiston mehnatsevar va tadbirkor aholisi, tabiiy boyliklari bo‘la turib jahonning eng kambag‘al 40 ta davlatlari qatoriga kiradi?
Chunki o‘zbek iqtisodiyoti yuzlab, minglab sun’iy monopoliyalar va korrupsioner tekintomoqlarni yelkasida ko‘tarib turibdi. Masalan, ularga import mahsulotni 48 ming dollarga sotib olib, bojxona to‘lovlaridan bor-yo‘g‘i 15 foiz QQSnigina to‘lab(agar to‘lasa), uni bizga 76 ming dollarga sotishga ruxsat berilgan. (manba – TrollUz)
Deputatlarga bu raqamlarni e’lon qilish ta’qiqlangani bekorga emas: mafiya ochiqlikni yoqtirmaydi.
Shuning uchun toki biz:
– aholi va budjetga "parazit"lik qiluvchi sun’iy monopoliyalarni yakson qilmas ekanmiz;
– raqobatni cheklovchi byurokratiya va soliq to‘siqlari mashinasi hamda u bilan bir vaqtda birga ishlovchi “o‘zlariniki” uchun imtiyoz va preferensiyalar beruvchi mashinani sindirmas ekanmiz;
– sun’iy monopoliyalar, biznesdagi raqobat uchun to‘siqlar va korrupsion "sxema"larni dunyoga keltiruvchi og‘ir iqtisodiy davlat boshqaruvimizni isloh qilmas ekanmiz;
– o‘z menejerlari va yuqori turuvchi korrupsiyalashgan amaldorlari tomonidan allaqachon “prixvatizatsiya” qilib bo‘lingan davlat korxonalarini xusiylashtirmas ekanmiz;
– xatolik bois "sud", deb ataladigan sudlarimizni haqiqatan isloh qilmas ekanmiz;
– qishloq aholisini majburiy davlat buyurtmalari va hokimlarning cheksiz hukmronligidan iborat feodal-krepostnoylik tizimidan ozod etmas ekanmiz O‘zbekiston kambag‘al davlatligicha qolaveradi”. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar