Fransiyada chop etiladigan, xalqaro savdoga ixtisoslashgan Le Moci jurnalida O‘zbekiston haqida maqola chop etildi. «O‘zbekiston – fransuz kompaniyalari uchun yangi Eldorado», deyiladi maqola sarlavhasida.
Bruno Muli muallifligidagi maqolada Fransiya kompaniyalari so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston bozoriga faol kirib kela boshlagani haqida so‘z boradi. Muallif dastavval Fransiyaning Carrefour supermarketlar tarmog‘i oxirgi bir oy ichida Toshkentda 3ta do‘kon ochganiga e’tibor qaratgan.
Fransuz brendi, BAAning Majid Al Futtaim guruhi franchayzingi orqali, 2022 yilga qadar Toshkentda jami 5ta supermarket va 2ta gipermarket ochadi.
Fransiyaning Rungis Semmaris kompaniyasi esa O‘zbekistonda agrologistika infratuzilmasini rivojlantiradi. 2020 yil 9 dekabrda imzolangan 15 million yevrolik shartnomaga asosan, respublika bo‘ylab 8ta agrologistika markazi, xususan Toshkent, Samarqand va Andijon shaharlarida meva-sabzavot ulgurji bozorlari barpo etiladi.
2020 yil iyunida esa Suez kompaniyasi Toshkent shahrining suv ta’minoti va drenaj tizimini yangilash bo‘yicha, poytaxt hokimligi hamda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan 7 yil muddatga 142 mln yevrolik bitim tuzdi. Ushbu fransuz kompaniyasi suv resurslari mutaxassislarini tayyorlovchi «Uzbekistan Water Academy» loyihasini ham tashkil etadi.
2019 yil sentabrida Total Eren kompaniyasi elektr energiyasini sotib olish va o‘zining ilk quyosh elektr stansiyasini ishga tushirish bo‘yicha o‘zbek rasmiylari bilan 25 yillik shartnoma tuzgandi. 100 MVt quvvatga ega stansiya Samarqand viloyatida qurilib, 150 ming aholini energiya bilan ta’minlaydi.
2019 yil sentabr oyida, shuningdek, Fransiyaning Assystem kompaniyasi va O‘zbekiston energetika vazirligi mamlakatdagi energiya tizimi boshqaruvi bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi. Fransuz korxonasi O‘zbekistonning yangi energobalansini joriy etish loyihalarini muvofiqlashtirishga ko‘maklashadi.
2019 yilda Orano O‘zbekiston Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi bilan hamkorlik kelishuvini tuzdi. Unga asosan, kompaniya O‘zbekistonda kon qidiruv ishlari va uran qazib olish sohasini rivojlantirishda ishtirok etadi. Hamkorlar tashkil etgan qo‘shma korxonaning 51 foiz ulushi Orano'ga, 49 foizi Geologiya qo‘mitasiga tegishli.
Le Moci jurnali maqolasida, shuningdek, Orex Loisirs, Campagnie des Alpes, Geode va Egis fransuz kompaniyalari konsorsiumi Toshkent viloyatida «Bildirsoy–Chimyon–Nanay» loyihasini amalga oshirayotgani ham eslab o‘tilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar