17:25 / 02.04.2021
2 048

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi biroz ko‘tarildi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi biroz ko‘tarildi
Foto: Markaziy bank
Markaziy bank 5 apreldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 0,16 so‘mga ko‘tarilib, 10 472,67 so‘mni tashkil qildi. Yevro 41,03 so‘mga ko‘tarilib, 12 335,76 so‘m bo‘ldi.

Avvalroq O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi bir kunlik ko‘tarilishdan so‘ng yana pastlab 10 472,51 so‘mni tashkil qilgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank ichki valyuta bozorida valyuta oldi-sotdi operatsiyalarini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda 15 fevraldan boshlab valyuta kursi haftada bir marta emas, har ish kuni e’lon qilinishi belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi biroz ko‘tarildi