12:28 / 09.04.2021
2 579

Tadbirkorlarga yana ikkita imtiyoz beriladi

Tadbirkorlarga yana ikkita imtiyoz beriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha mexanizmlari kengaytiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev selektor yig‘ilishi davomida ta’kidlab o‘tdi.

Unga ko‘ra, uch yil davomida soliqlarni o‘z vaqtida to‘lagan intizomli tadbirkorlarga soliqlarning 50 foizini bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi berilishi kutilmoqda. Shuningdek, davlat rahbari eksport bo‘yicha valyuta xorijdan o‘z vaqtida kelib tushmaganligi uchun to‘lanadigan jarima miqdorini 2 baravarga qisqartirish kerakligini ta’kidladi.

«Ayni vaqtda butun dunyo pandemiya holatida bo‘lib turibdi. Bunday vaqtda eksport qilingan mahsulot uchun to‘lov o‘z vaqtida kelmay qolishi mumkin. Ushbu holatni inobatga olib, Qo‘chqorov, Qudbiyev va Ikramov bir oy muddatda eksport bo‘yicha chet eldan valyutasi o‘z vaqtida kelib tushmaganligi uchun jarima miqdorini 2 baravarga qisqartirish taklifini kiritsin», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Tadbirkorlarga yana ikkita imtiyoz beriladi