Joriy yil 21 aprel kuni prezidentning «Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan tadbirkorlik sub’ektlarini uzliksiz faoliyat ko‘rsatishi uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida, soliq majburiyatlarini bajarishda imtiyozlar taqdim etilmoqda.
2021 yil 1 iyundan soliq qarzini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi berish nazarda tutilmoqda. Ushbu imtiyoz uch yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan hamda soliqlarni muddatida to‘lab kelgan xo‘jalik sub’ektlariga tatbiq etiladi.
Tahlillarga ko‘ra, soliq to‘lovchi yuridik shaxslarning 201,3 mingdan ortig‘i (67,7 foizi) uch yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Ular bilan o‘tkazilgan muloqotlar natijasida 43,5 mingtasining muammolari segmentlab olindi. Shundan 13 mingtasi bevosita budjet bilan munosabatlarini optimallashtirishni so‘ragan, deyiladi Soliq qo‘mitasi xabarida.
Bildirilishicha, o‘tgan yili pandemiya oqibatlarini yumshatish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlariga 7,7 trln so‘mdan ortiq soliq imtiyozlari va yengilliklar berildi. 224 mingta sub’ektning 1,3 trln so‘mlik soliq qarzini majburiy undirish choralari to‘xtatib turildi. Bunga javoban tadbirkorlik sub’ektlari soliqlarining 95 foizini ixtiyoriy ravishda o‘z muddatida to‘lagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi