
2021 yil 17 maydan boshlab jahon bozorida oltinning bir unsiyasi 1853 dollarni tashkil etmoqda. Fevraldan boshlangan oltin narxidagi pastlashdan keyin bugungi narx oxirgi 4 oydagi eng yuqori ko‘tarilish bo‘ldi.
Agar yil boshidan boshlab narxlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagicha o‘zgarishni kuzatish mumkin:
- 2021 yil yanvar – 1855 dollar (oltinning bir unsiyasi);
- 2021 yil fevral – 1834 dollar;
- 2021 yil mart – 1724 dollar;
- 2021 yil aprel – 1775 dollar;
- 2021 yil may – 1853 dollar.
Bloomberg nashri ham oltin oxirgi oylardagi keskin tushishdan so‘ng, yana mavqeyini tiklaganini ta’kidladi.
«Hedge fondi menejerlari oltinning mavqeyini uch oy ichida eng yuqori darajaga ko‘tarishdi. Narxlar mart oyida belgilangan eng past darajadan tiklandi, chunki dollarda pasayish kuzatildi. Juma kuni AQSh chakana savdosi bo‘yicha G‘aznachilik rentabelligi pasayganligi sababli, dushanba kuni oltinning o‘sishi yuqori bo‘ldi», – deb yozdi nashr.
O‘zbekiston Markaziy banki sotuvga chiqargan oltin quymalarining ham narxida o‘z navbatida o‘zgarish kuzatildi.
Masalan, 28 aprel kuni 5 grammli oltin yombisining narxi 3 million 116 ming so‘mdan sotilgan bo‘lsa, 17 mayga kelib, jahon bozorida oltin narxi oshishi bilan xuddi shu og‘irlikdagi oltin yombisi 3 million 177 ming so‘mdan sotilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar