14:16 / 28.05.2021
3 037

Qo‘chqorov pandemiya sharoitida O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishining asosiy sabablaridan birini aytdi


Koronavirus pandemiyasi boshlanishidan oldin O‘zbekistonda olib borilgan islohotlar mamlakatga ijobiy iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga imkon berdi. Bu haqda iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov aytib o‘tdi.

«Pandemiyaga qaramay, biz erishgan iqtisodiy o‘sish pandemiya boshlanishidan oldin amalga oshirilgan islohotlarning natijasidir», dedi Qo‘chqorov kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan xususiylashtirish bo‘yicha xalqaro konferensiyada.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston iqtisodiyoti 2019 yilga nisbatan 1,6 foizga o‘sdi. Pandemiyaning salbiy ta’siriga qaramay, 2020 yilda davlat budjeti daromadlari 128,7 trillion so‘m prognozga nisbatan 132,9 trillion so‘mni tashkil etdi. Daromadlar 2019 yilga nisbatan 20,8 trln so‘mga o‘sdi.
 
Qo‘chqorov pandemiya iqtisodiy siyosat kun tartibiga bir qator jiddiy o‘zgarishlar kiritganini ta’kidladi. Natijada, 2020 yilning dastlabki uch choragida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasini qo‘llab-quvvatlash va pandemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha iqtisodiy choralar bilan band edi.

Shunga qaramay, vazirning so‘zlariga ko‘ra, hukumatda «davom ettiriladigan qat’iy islohot dasturi mavjud».
«Mamlakat rahbariyati aynan iqtisodiy islohotlar iqtisodiy o‘sish, odamlar farovonligini yuksaltirish va kambag‘allikni kamaytirish uchun asos bo‘ladi, deb hisoblaydi. Bizning oldimizda iqtisodiy o‘sish va aholi jon boshiga YAIMni oshirish bo‘yicha juda katta vazifalar turibdi», dedi Qo‘chqorov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Qo‘chqorov pandemiya sharoitida O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishining asosiy sabablaridan birini aytdi