08:23 / 11.06.2021
3 486

Markaziy bank: «O‘zgaruvchan ob-havo go‘shtning narxi oshishiga ta’sir qilishi mumkin»


Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilishi bo‘yicha ma’lumotnomasi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, 2021 yilning may oyida yillik inflyatsiya darajasi 10,9 foizni tashkil etib, aprel (10,7 foiz) oyiga nisbatan biroz tezlashgan. Bunga oziq-ovqat tovarlari guruhida narxlar o‘sishining apreldagi 13,6 foizdan 14,4 foizgacha tezlashishi inflyatsiyani oshiruvchi asosiy omillardan bo‘lgan.

Mazkur guruhdagi tovarlar narxlari o‘zgarishiga, bir tomondan, jahon bozorida o‘simlik yog‘i, shakar va go‘sht mahsulotlari narxlarining sezilarli darajada oshishi sabab bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, qish—bahor mavsumida kuzatilgan o‘zgaruvchan ob-havo sharoitlarida meva va sabzavotlar hosilining kechikishi hamda avvalgi yillarga nisbatan kam bo‘lishi kutilayotganligi ta’sir ko‘rsatgan.

Markaziy bank kelgusida go‘sht mahsulotlari va sabzavotlar narxi oshishi xatari mavjudligini keltirib, buning sababi sifatida ob-havoni keltirgan.

«Yil boshidan beri kuzatilayotgan o‘zgaruvchan ob-havo sharoitlari (dala va yaylovlarda suv resurslarining kamligi) chorva oziqasi narxlariga va takroriy sabzavot ekinlarini ekish jarayoniga ta’sir ko‘rsatib, go‘sht mahsulotlari va sabzavotlar narxlariga oshiruvchi bosim ko‘rsatishi mumkin», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank: «O‘zgaruvchan ob-havo go‘shtning narxi oshishiga ta’sir qilishi mumkin»