Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev va tadbirkorlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot do‘stona va samimiy ruhda yakuniga yetdi.
— Men bundan juda ham mamnun bo‘ldim. Bugungi tajribamizdan kelib chiqib, ushbu uchrashuvlarni har yili tashkil etsak, buni yaxshi bir an’anaga aylantirsak, Sizlarga ma’qulmi?
Shu munosabat bilan bugungi sanani, ya’ni 20 avgustni mamlakatimizda «Tadbirkorlar kuni» deb e’lon qilib, uni har yili yurtimizda keng nishonlasak, bu tashabbusga nima deysizlar, — deya taklif bildirdi Shavkat Mirziyoyev.
Olti soatdan oshiq davom etgan ochiq muloqot so‘nggida Shavkat Mirziyoyev barcha tadbirkorlarga minnatdorlik bildirdi.
«Sizlarni Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida ko‘rib turganimdan juda xursandman. Fursatdan foydalanib, Sizlarga, ota-onalaringizga, bobo-buvilaringizga, ustozlaringizga to‘g‘ri tarbiya berganliklari uchun minnatdorlik bildirmoqchiman», — dedi Prezident. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi