2 305
O‘zbek so‘mi yanvar–avgust oylarida AQSH dollariga nisbatan necha foizga qadrsizlangani ma’lum qilindi
Markaziy bank boshqaruvi yig‘ilishi 9 sentabr kuni o‘tkazilib, unda yillik asosiy stavkani 14 foiz o‘zgarishsiz qoldirish haqida qaror qabul qilgandi.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning dastlabki 8 oyi davomida 1 AQSH dollari uchun so‘m almashuv kursi 10449–10683 so‘m oralig‘ida tebranib, yil boshidan beri 2 foizga qadrsizlangan.
Yanvar–iyul oylarida eksport hajmi (oltinsiz) 6,7 milliard AQSH dollariga teng bo‘lgan. Import hajmi esa 13,4 milliard AQSH dollariga yetgan. O‘zbekistonga kirib kelgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 8 oyda qariyb 4,9 milliard AQSH dollarini tashkil qilgan.
Shuningdek, avgustda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining yillik o‘sishi 15,5 foizni tashkil etib, umumiy inflyatsiyaga eng asosiy oshiruvchi hissa qo‘shdi. Yoz oylarida meva va sabzavotlar narxlari hamda oylik inflyatsiya ko‘rsatkichlarida kutilganidek mavsumiy pasayish sur’atlari kuzatilmagan.
Tarkibiy jihatdan barqaror komponentlardan tashkil topgan nooziq-ovqat va xizmatlar guruhlari narxlarida avgust oyida yillik o‘sish sur’atlari mos ravishda 8,1 va 7,6 foizni tashkil etib, umumiy inflyatsiyaning sekinlashishiga xizmat qilmoqda.
Mavsumiy tebranuvchan meva va sabzavotlar, yonilg‘i mahsulotlari va tartibga solinadigan tovarlar narxlari (tariflari) o‘zgarishini istisno qilish orqali hisoblanadigan bazaviy inflyatsiya darajasi avgust oyida umumiy inflyatsiya darajasidan pasayib, yillik 9,5 foizni tashkil qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar