11:55 / 19.10.2021
1 739

Surxondaryo viloyati paxtakorlari respublikada birinchi bo‘lib shartnomaviy rejani bajardi

Surxondaryo viloyati paxtakorlari respublikada birinchi bo‘lib shartnomaviy rejani bajardi
Surxondaryolik paxtakorlar respublikada birinchi bo‘lib paxta topshirish bo‘yicha shartnomaviy rejani bajardi. Yil bo‘yi qilingan barakali mehnat evaziga fermer xo‘jaliklari tomonidan mo‘l hosil yetishtirilib, 246 ming 350 tonnadan ortiq paxta xirmoni bunyod etildi. Yetishtirilgan hosilning aksariyat qismi yuqori navlarga sotildi.

Paxta hosilini yig‘ib-terib olish uchun 2344 ta terim otryadida 164 ming nafardan ziyod terimchi jalb etildi, 1022 ta traktor va 2028 ta tirkama safarbar etildi.

Qishloq xo‘jaligi sohasini isloh qilish, tizim korxonalarini modernizatsiyalash, klaster faoliyatining keng yo‘lga qo‘yilgani muvaffaqiyatlar garovi bo‘lib xizmat qildi. Xususan, viloyatning 13 ta tumanida 10 ta paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyat ko‘rsatayapti.

- "Termiz Jayhun Cluster" MCHJ klaster tomonidan joriy yilda belgilangan reja 107 foizga bajarilib, 56 ming tonna paxta hosili olindi. Bu rejaga nisbatan 4 ming tonnaga ko‘p, hosildorlik esa 37.4 sentnerga yetkazildi. Ilg‘or tajriba va fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi, intensiv agrotexnologiyalarni keng joriy etilishi yuqori hosildorlikka erishish uchun asosiy omil bo‘ldi, - deydi klaster rahbari Akbar Xusanov.

Viloyatda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, g‘o‘zaning hudud tuproq-iqlim sharoitiga mos navlarining tanlab ekilgani, agro texnik tadbirlarning sifatli amalga oshirilishi mo‘l-ko‘l hosil garovi bo‘ldi.

Bu yil viloyatda g‘o‘zaning "Buxoro-102", "Namangan-77", "Besh qahramon", "Sulton", "Buxoro-10", "Porloq-1" erta pishar, "Buxoro-8" va "Surxon-16", "Surxon-103" ingichka tolali o‘rta pishar, "SP-1607", "ST-1651" ingichka tolali istiqbolli navlar hamda 19 ta, shu jumladan, 5 ta ingichka tolali g‘o‘zaning yangi navlari ekib, parvarishlandi.

Hali ham ayrim dalalarda hosil mo‘l, yig‘im-terim ishlari davom etmoqda.

Ilhom RAHMATOV

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Surxondaryo viloyati paxtakorlari respublikada birinchi bo‘lib shartnomaviy rejani bajardi