Tom Kruz xafa bo‘lgan deb o‘ylagan qizni ovutishga urindi va TikTok'da virusga aylandi (video)

Tom Kruz ish joyida xafa bo‘lib o‘tiribdi, deb o‘ylagan qizning oldiga borib, uning ahvolini so‘radi. Aslida esa qiz shunchaki telefoniga berilib o‘tirgan edi. Aktyorning samimiy harakati aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi.
Videoda aktyorning yonidan o‘tib ketayotganida bir qizning zinada engashib, telefoniga qarab o‘tirganini ko‘rish mumkin. Tom Kruz uning ahvolidan xavotirlanib, ortiga qaytdi va yordam kerak yoki kerak emasligini so‘radi. Qiz esa qarshisida Gollivud yulduzini ko‘rib, hayratda qoldi. Ular mushtlarini yengilgina tekkizib ko‘rishishdi, shundan so‘ng aktyor yo‘lida davom etdi.
Keyinchalik Klementina ismli qiz ushbu videoni TikTok'da e’lon qildi. U aktyorning kutilmagan e’tiboridan shu qadar hayajonlanganini, dastlab nima deyishni ham bilmay qolganini aytdi. Tom Kruz keyinroq yana qaytib kelganida, u aktyor bilan suratga tushishga ham ulgurgan.
Tom Kruzning bu harakati ko‘plab foydalanuvchilarga yoqdi. Ayrimlar aktyorning begona insonning ahvoliga befarq bo‘lmaganini e’tirof etgan bo‘lsa, boshqalar voqeaning kutilmagan tarzda yakunlanganini hazil bilan izohladi.
Aktyorning mehnat jarayonidagi yana bir tashabbusi ham e’tiborga molik. Uning aytishicha, yangi «Digger» filmi uchun grim qilish jarayoni dastlab olti soat davom etgan. Tom Kruz jamoa bilan birgalikda ish jarayonini takomillashtirib, bu vaqtni bir soatdan kamroq muddatga qisqartirishga erishgan






























Izohlar 0
…