O‘zbekiston qovun-tarvuz eksportidan qancha daromad olgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston qovun-tarvuz eksportidan qancha daromad olgani ma’lum bo‘ldi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 21,7 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 79,1 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

Qovun va tarvuz eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 21,8 ming tonnaga kamaygan.

O‘tgan 9 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:

- Qozog‘iston – 33,1 ming tonna;
- Rossiya – 20,1 ming tonna;
- Qirg‘iz R. – 13 ming tonna;
- Ukraina – 5,6 ming tonna;
- Latviya – 2,9 ming tonna.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar