O‘zbekistonning «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi va 2022 yil uchun budjetnoma bo‘yicha Hisob palatasining xulosasi e’lon qilindi.
Ma’lum qilinishicha, qonun loyihasi va 2022 yil uchun budjetnoma mamlakatni kelgusi davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlariga muvofiq ishlab chiqilgan va so‘nggi besh yilda amalga oshirilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirishga qaratilgan.
Jumladan, 2022 yil uchun davlat budjeti loyihasini shakllantirish jarayonida budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘lar miqdori va maqsadli indikatorlar belgilangan. Bunda, davlat budjeti hisobidan rivojlantirish dasturlari mavjud bo‘lmagan ayrim vazirlik va idoralarning maqsadli indikatorlari ularning strategik maqsadlaridan kelib chiqqan holda shakllantirilgan.
2022 yil uchun davlat budjeti daromadlari davlat soliq idoralari bo‘yicha 145,7 trillion so‘mni (YAIMga nisbatan 17,3 foiz), davlat bojxona idoralari bo‘yicha 39,8 trillion so‘mni (4,8 foiz) va Moliya vazirligi tushumlari bo‘yicha 7,5 trillion so‘mni (0,9 foiz) tashkil qilmoqda. 2022 yil uchun davlat budjeti daromadlarini prognozi budjet daromadlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi narx va valyuta kurslarining o‘rtacha miqdorlari asosida hisob-kitob qilingan.
Jumladan, prognozlarda valyuta kursidagi (1 AQSH dollarining o‘rtacha yillik summasi – 11 321 so‘m), strategik mahsulotlarning narxlari (1 troya unsiya oltin narxi — 1 700 dollar, kumushning narxi — 25 dollar, misning 1 tonnasiga — 8 500 dollar, 1000 metr kub tabiiy gazning eksport narxi – 100 dollar) kutilayotgan o‘zgarishlar inobatga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?