10:27 / 16.11.2021
1 925

Markaziy bank QIWI Uzbekistan elektron pullar tizimi faoliyatiga ruxsat berdi

Markaziy bank QIWI Uzbekistan elektron pullar tizimi faoliyatiga ruxsat berdi
O‘zbekistonda QIWI Uzbekistan elektron pullar tizimi faoliyatiga ruxsat berildi, deb xabar bermoqda Markaziy bank.

Ma’lum bo‘lishicha, to‘lov tashkiloti litsenziyasiga ega bo‘lgan Payment Aggregation Systems MCHJ tomonidan QIWI Uzbekistan elektron pullar tizimi faoliyatini tashkil etish va «Kapitalbank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan mazkur elektron pullar tizimining emitenti sifatida elektron pullarni chiqarish faoliyati bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilgan.

Natijada «O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari»ga ko‘ra, QIWI Uzbekistan elektron pullar tizimi Markaziy bankning Elektron pullar tizimi reyestriga kiritilib, elektron pullarning chiqarilishi faoliyatiga ruxsat berildi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil iyunida O‘zbekistonda birinchi elektron pullar tizimi ro‘yxatdan o‘tgandi. Ta’sischilar PayPal bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish niyatida ekanini bildirgan. Keyinroq Markaziy bank PayPal’ning O‘zbekistonda nima sababdan ishlamasligini tushuntirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank QIWI Uzbekistan elektron pullar tizimi faoliyatiga ruxsat berdi