
O‘zbekistonda 2021 yilda 1,031 ming gektar yer maydonida paxta yetishtirilib, jami 3,4 million tonna paxta xom ashyosi terib olingan. Bu haqda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda 122 ta paxta-to‘qimachilik klaster korxonasi faoliyat olib bormoqda. Paxta tolasini ichki bozorda sotish tartibi bir qator normativ hujjatlar bilan tartibga solingan.
Qayd etilishicha, paxta tolasini birjada sotish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan. Xususan, bazaviy sifatdagi paxta tolasining boshlang‘ich bahosi keyingi savdo oyining Nyu-York fyuchers kotirovkalari darajasida belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2020 yilda yillik paxta rejasi 99,4 foizga bajarilib, 3 million 82 ming tonna paxta yetishtirilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar