13:47 / 29.11.2021
2 564

Tijorat banklarida dollar kursi birinchi marta 10 830 so‘mga qadar ko‘tarildi

Tijorat banklarida dollar kursi birinchi marta 10 830 so‘mga qadar ko‘tarildi
O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 29 noyabr, dushanba kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursini oshirdi.

Aksariyat banklar 1 AQSH dollarini 10 730 — 10 780 so‘mga sotib olishni, 10 830 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Bu eng yangi yuqori ko‘rsatkich. Bundan oldingi rekord qariyb ikki oy oldin — 18 noyabrda o‘rnatilgan edi. O‘shanda 1 AQSH dollarining kursi 10 810 so‘mga chiqqan.

Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:

«Savdogar bank»: sotib olish — 10 755 so‘m, sotish — 10 810 so‘m;
«Aloqa bank»: sotib olish — 10 770 so‘m, sotish — 10 830 so‘m;
«Mikrokredit bank»: sotib olish — 10 750 so‘m, sotish — 10 830 so‘m;
«Kapital bank»: sotib olish — 10 780 so‘m, sotish — 10 830 so‘m;
Asia Alliance Bank: sotib olish — 10 770 so‘m, sotish — 10 830 so‘m.

Markaziy bank 18 noyabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgilagan. Unga ko‘ra dollarning rasmiy kursi 14,46 so‘mga ko‘tarilib, 10 755,26 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank ichki valyuta bozorida valyuta oldi-sotdi operatsiyalarini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda 15 fevraldan boshlab valyuta kursi haftada bir marta emas, har ish kuni e’lon qilinishi belgilangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Tijorat banklarida dollar kursi birinchi marta 10 830 so‘mga qadar ko‘tarildi