Foto: Reuters
Turk lirasi noyabrda dollarga nisbatan eng qadrsizlashgan valyuta bo‘ldi. Bunday ma’lumotni SberCIB Investment Research tahliliy jamoasining valyutalar bozori va foiz stavkalari bo‘yicha mutaxassisi Yuriy Popov keltirib o‘tdi.
Lira noyabr oyi davomida dollarga nisbatan 29 foizga qadrsizlashgan. Rossiya rubli bir oy ichida dollarga nisbatan 4 foiz, rivojlangan va rivojlanayotgan boshqa davlatlar valyutalari 1-3 foizga qadrsizlashgan. Misol uchun, yevro dollarga nisbatan 2 foizga, Britaniya funt sterlingi esa 3 foizga arzonlashgan.
Popovning fikricha, rubl arzonlashishiga ikkita omil: geosiyosiy keskinlik va AQSH Federal zaxira tizimi pul-kredit siyosatini qat’iylashtirishi kutilayotgani sababli dollarning kuchayishi, bundan tashqari, koronavirusning yangi shtammi tarqalishi haqidagi xabarlar ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Avvalroq Fitch xalqaro reyting agentligi Turkiya reytingini “barqaror”dan “salbiy”gacha pasaytirdi. Ekspertlarning fikricha, Turkiyada inflyatsiya yil oxirigacha 25 foizga yetadi va baholanuvchi davlatlar orasida eng yuqorilaridan biri bo‘lib qoladi. 2022-2023 yilda mamlakatda inflyatsiya 20 foiz atrofida bo‘ladi. Fitch prognoziga ko‘ra, Turkiyaning davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 47 foizigacha o‘sadi.
Turkiyada inflyatsiya noyabrda oxirgi 3 yil ichida eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilib, 21 foizdan oshdi. Turk lirasi bir yil ichida o‘z qiymatining yarmini yo‘qotgan. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, lira kursi bir dollarga 13,89gacha tushib ketgan va bu yangi antirekord hisoblanadi.
Turk milliy valyutasi Turkiya markaziy banki mamlakatda rekord darajada inflyatsiya bo‘lishiga qaramay, tayanch foiz stavkasini 16 foizdan 15 foizgacha tushirgandan keyin keskin qadrsizlandi. Keyinroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tayanch stavkasi yanada pasaytirilishini aytgan.
O‘zbek so‘mi ham noyabr oyi davomida dollarga nisbatan 1 foizdan ko‘proqqa arzonlashdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, oy boshida bir dollar Markaziy bank kursi bo‘yicha 10674 so‘m turgan bo‘lsa, oy oxirida bu ko‘rsatkich 10787 so‘mni tashkil qilgan. 3 dekabrdagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, bir dollar 10760 so‘mni tashkil qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi