10:45 / 05.12.2021
1 907

Umumiy ovqatlanish korxonalari 2021 yil oxiriga qadar yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi

Umumiy ovqatlanish korxonalari 2021 yil oxiriga qadar yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi
O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilinadi, deb xabar bermoqda deputat Rasul Kusherbayev.

Oliy Majlis deputatlari mazkur mazmundagi qonun loyihasi (Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritish)ni ko‘rib chiqib, birinchi va ikkinchi o‘qishda qabul qilgan. Unga ko‘ra, umumiy ovqatlanish korxonalari uchun soliq imtiyozlari 1 sentabrdan 31 dekabrga qadar amal qiladi.

Shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalariga mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yig‘imlar bo‘yicha 2021 yil 15 avgust holatiga ko‘ra mavjud qarzdorlikni, shuningdek, barcha soliqlar bo‘yicha jarima va penyalarni 2022 yil 1 yanvardan 1 iyulga qadar foizlarni undirmasdan teng miqdorlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi beriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish ob’ekti 2021 yil yakuniga qadar yer va mulk solig‘idan ozod qilinishi haqida prezident 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan muloqotda ma’lum qilgandi.

«Pandemiya davom etyapti va bu xizmatlar sohasi, ayniqsa, umumiy ovqatlanish va turizm korxonalari uchun qanchalik og‘ir bo‘layotganini, barchamiz ko‘rib turibmiz, albatta. Bu borada umumiy ovqatlanish va turizm korxonalaridan o‘tgan yili berilgan imtiyozlarni uzaytirish bo‘yicha 300 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Shu bois jami 13 mingta umumiy ovqatlanish korxonasini yil yakuniga qadar yer va mulk solig‘idan ozod qilamiz. Bu imkoniyat ularga 30 milliard so‘m qo‘shimcha ko‘mak deganidir. Ularning boshqa soliqlardan mavjud 35 milliard so‘m qarzlari muddatlari joriy yil yakunigacha uzaytiriladi, kreditlarini qaytarish ham kechiktiriladi», — degan edi davlat rahbari.

Shundan so‘ng davlat rahbari 25 avgust kuni umumiy ovqatlanish ob’ekti 2021 yil yakuniga qadar yer va mulk solig‘idan ozod qilish ko‘zfa tutilgan tegishli qarorni imzoladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Umumiy ovqatlanish korxonalari 2021 yil oxiriga qadar yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi