2 435
O‘zbekiston - Qozog‘iston biznes-forumida 5,9 mlrd dollarlik shartnomalar imzolandi
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Nur-Culton shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes-forumi va O‘zbekiston-Qozog‘iston ishbilarmonlar kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar bermoqda.
Ochilish marosimida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov hamda Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Roman Sklyar ishtirok etdi.
Yangi tashabbus – ikki mamlakatning chegara hududida xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi tashkil qilinishi alohida qayd etildi. Markaz zarur ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan jihozlanadi. Uning rezidentlari o‘zbekistonlik va qozog‘istonlik tadbirkorlarini qo‘shma sanoat korxonalarini tashkil etishga jalb qiladigan bir qator imtiyoz va preferensiyalarga ega bo‘ladi.
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Tadbirlar yakunida ikki mamlakat bosh vazirlari o‘rinbosarlari O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, mustahkam ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini bildirdi.
Forum yakunida umumiy qiymati 5,9 milliard dollarga teng bo‘lgan qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha savdo shartnomalari va ikki tomonlama bitimlar imzolandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»