Shavkat Mirziyoyev Uzbekistan GTL zavodi ochilish marosimida so‘zlagan nutqi yakunida zavod qurilishi haqida so‘zladi va bu jarayonda qatnashganlarga minnatdorlik bildirdi.
«To‘g‘risi, biz GTL loyihasini boshlaganimizda ko‘pchilik buni uddalashimizga shubha bilan qaragan edi. Lekin biz qat’iy intilish va mashaqqatli mehnatimiz bilan barchamiz birgalikda murakkab sinov va qiyinchiliklarni yengib o‘tib, mana shunday yangi va zamonaviy, yuqori texnologik majmuani barpo etishga erishdik. Bu bilan har qancha faxrlansak, arziydi.
Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi davrida xorijdan mutaxassis va uskunalar keltirish, qurilish maydonida 10 mingdan ortiq ishchining sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash, albatta, oson bo‘lgani yo‘q.
Ammo hamjihatlik bilan o‘z vaqtida amalga oshirgan zarur chora-tadbirlarimiz natijasida ushbu muhim loyiha bo‘yicha ish pandemiya davrida ham biror kun to‘xtamadi.
Mehnatkash, serg‘ayrat va fidoyi quruvchi va muhandislar, tajribali mutaxassislar, minglab matonatli ishchilar karantin talablariga qat’iy amal qilib, uzoq vaqt oilasi, yaqinlaridan olisda ishlab, haqiqiy qahramonlik namunasini ko‘rsatdi», — dedi davlat rahbari.
Prezident zavod qurilishida ishtirok etgan barcha muhandis va quruvchilarga, loyihani amalga oshirishga ko‘maklashgan xorijiy hamkorlarga minnatdorlik bildirdi.
«GTL zavodi va Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasini kengaytirish bo‘yicha loyihalar Yangi O‘zbekistonda yangi sanoat davrini yaratish yo‘lidagi ilk yirik qadamlarimizdan biridir.
Biz qancha og‘ir bo‘lmasin, mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish va xalqimiz uchun munosib turmush darajasini yaratish yo‘lida marrani baland olib ishlash va yashashga o‘rgandik.
Yangi yil ostonamizda eshik qoqib turgan ushbu quvonchli lahzalarda, barcha yutuqlarimizning ijodkori va bunyodkori bo‘lgan mehnatkash, mard va olijanob xalqimizga, sanoat sohasining jonkuyar va fidoyi ishchi-xodimlariga chuqur ehtirom bilan ta’zim qilaman», – dedi davlat rahbari va barchani kirib kelayotgan yangi – 2022 yil bilan muborakbod etdi.
Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev GTL zavodi faoliyatiga start berdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi