10:12 / 27.12.2021
1 276

O‘zbekistonda mis sanoatidan olinadigan daromad oshkor etildi

O‘zbekistonda mis sanoatidan olinadigan daromad oshkor etildi
O‘zbekistonda mis sanoatidan olinadigan daromad 2,5 milliard dollarni tashkil etadi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda "Olmaliq" KMK axborot xizmati rahbari Umida Qarshiboyeva ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, so‘nggi 5 yilda OKMK mis ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada oshirdi. 2017 yilda 109 885 tonna mis ishlab chiqarilgan bo‘lsa, hozirgi kunda kombinat 148,5 ming tonna mis ishlab chiqarmoqda.

“Yoshlik 1 konini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasi to‘liq ishga tushirilgach, 2029 yilga borib kombinat 400 ming tonna katodli mis, 50 tonna oltin, 270 tonna kumush ishlab chiqarishga erishadi.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan misning 60-70 foizi xomashyo sifatida xorij davlatlariga eksport qilinadi. O‘zbekistonning mis sanoatidan oladigan daromadi ayni paytda 2,5 milliard dollarni tashkil etadi.

Agar 2029 yilga kelib mis ishlab chiqarishni 400 ming tonnagacha oshirishga erishsak, bu ko‘rsatgichni hisobiga 7-8 milliard AQSH dollariga yetkazish mumkin bo‘ladi”, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda mis sanoatidan olinadigan daromad oshkor etildi