O‘zbekistonning 2021 yil yanvar—noyabr oylarida tashqi savdo aylanmasidagi eng yirik 10 ta hamkor davlati nomi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ro‘yxat boshida 6,7 milliard dollarlik savdo aylanmasi (eksport — 2,3 milliad dollar, import — 4,4 milliard dollar) bilan Xitoy o‘rin olgan. Keyingi o‘rinlardan Rossiya (6,6 milliard dollarlik savdo aylanmasi; eksport — 1,9 milliard dollar, import — 4,7 milliard dollar) va Qozog‘iston (3,5 milliard dollarlik savdo aylanmasi; eksport — 1,0 milliard dollar, import — 2,5 milliard dollar) joy olgan.
Keyingi pog‘onalar quyidagicha ko‘rinish olgan:
- Turkiya (savdo aylanmasi – 3,0 milliard, eksport – 1,5 milliard, import – 1,5 milliard dollar);
- Koreya (savdo aylanmasi – 1,7 milliard, eksport – 46 million, import – 1,6 milliard dollar);
- Qirg‘iziston (savdo aylanmasi – 852,5 million, eksport – 710,9 million, import – 141 million dollar);
- Germaniya (savdo aylanmasi – 675,4 million, eksport – 60,8 million, import – 614,6 million dollar);
- Turkmaniston (savdo aylanmasi – 626,1 million, eksport – 175,5 million, import – 450,6 million dollar);
- Ukraina (savdo aylanmasi – 622,5 million, eksport – 202,6 million, import – 419,9 million dollar);
- Afg‘oniston (savdo aylanmasi – 576,7 million, eksport – 573,2 million, import – 3,5 million dollar).
O‘zbekistonning yanvar—noyabr oylaridagi tashqi savdo aylanmasi 37,9 milliard dollarga teng bo‘lgan. Bunda:
- eksport 15,5 milliard dollarni;
- import 22,4 milliard dollarni;
- passiv tashqi savdo balansi 7 milliard dollarni tashkil etgan.
O‘zbekiston importida eng yuqori ulushga ega 10 ta mamlakat nomi ma’lum qilingan. Unga ko‘ra, ro‘yxatda 4,7 milliard dollar bilan Rossiya yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindan Xitoy joy olgan — 4,4 milliard dollar. Kuchli uchlikni 2,5 milliard dollar bilan Qozog‘iston yakunlagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi