Pandemiya sababli 2022 yilda mamlakatlar iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashadi

Pandemiya sababli 2022 yilda mamlakatlar iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashadi
Foto: «Financial Times»
Jahon banki prognozlariga ko‘ra, pandemiya tufayli jahon iqtisodiyotining o‘sish sur’ati 2021 yil yakunidagi 5,5 foizdan 4,1 foizga pasayadi.

Dunyoning ilg‘or mamlakatlari iqtisodiyotlari haqidagi prognozlar ham pasayishni ko‘rsatmoqda. Xususan, AQSHda yalpi ichki mahsulot (YAIM) o‘sishi 2021 yildagi 4,2 foizdan 2022 yilda 3,7 foizga tushishi kutilyapti.

Jahon banki Xitoy iqtisodiyoti uchun ancha tushkun prognoz berdi: 2021 yildagi 8 foizlik o‘sishdan so‘ng, bu yil XXRda YAIM o‘sishi faqat 5,1 foiz atrofida bo‘lishi mumkin.

Yevrozona YAIM o‘sishi bo‘yicha prognoz 4,4 foizdan 4,2 foizga pasaytirildi (2021 yil yakuniga kelib 5,2 foizlik o‘sish qayd etilgandi).
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar