
2024 yilda O‘zbekistonda 200 ming so‘mlik kupyurani muomalaga chiqarish rejalashtirilgan. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi, deya xabar bermoqda «Daryo».
«Yaxshi himoyalgangan, bir tizim orqali ikkinchi seriyasini chiqarishni boshladik. Pul-kerdit naqd pul bu qlnuniyatlar mamlakatda shakllangan o‘rtacha ish haqidan kelib chiqib banklarni bank notalari strukturasini belgilanadi. Biz 2024 yilda 200 ming so‘mlik chiqarishni rejalashtirganmiz. Shu bilan biga muomiladagi naqd pulni optimallashtirishni jarayonini ham amalga oshiryapmiz», — deydi Mamarizo Nurmurotov.
U birinchi marta 2017 yilda 50 ming so‘mlik chiqarilganini eslab o‘tib, o‘sha vaqtda muomaladagi naqd pullar soni don boshiga ya’ni har bir shaxs qo‘lida 489 dona naqd pul bor ekanligini eslab o‘tdi.
«Bugungi kunga kelib. Bu ikki barobarga tushdi. Maqsadimiz bank notadari strukturasini o‘zgartirib naqd pulni odamlar uchun qulay to‘lov vositasiga aylantirish», — deya qo‘shimcha qiladi u. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing