16:07 / 04.02.2022
1 083

O‘zbekistonda Turkiyalik tadbirkorlar ishtirokidagi korxonalar soni keskin oshib ketdi

O‘zbekistonda Turkiyalik tadbirkorlar ishtirokidagi korxonalar soni keskin oshib ketdi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekistonda yangi xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar soni bo‘yicha Turkiya birinchi o‘rinni egalladi. O‘tgan yillarda bu bo‘yicha Xitoy yetakchilik qilayotgan edi.

2021 yilda turk kapitali ishtirokida 407 yangi korxona tashkil qilindi. Ikkinchi o‘rinda Rossiya (356 korxona), uchinchi o‘rinda Xitoy (266) qayd etilgan.

Umumiy son bo‘yicha hamon Rossiya yetakchilik qilmoqda — 2 309 korxona. Ikkinchi o‘rinda Xitoy (1 927), uchinchida — Turkiya (1 882).

Nima uchun aynan Turkiya?
Turkiya iqtisodiyoti so‘nggi yillarda iqtisodiy inqiroz tufayli qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Turk tadbirkorlari xalqaro bozorlarga chiqish orqali buni qoplashga harakat qilmoqda.

Yaqinda Turkiyada inflyatsiya 20 yil ichida eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Yanvar oyi oxirida ushbu davlat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat aholisini davlat banklaridan kredit olishga chaqirgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda Turkiyalik tadbirkorlar ishtirokidagi korxonalar soni keskin oshib ketdi