1 170
Yanvarda so‘mning kursi 0,8 foizga mustahkamlandi. Markaziy bank sabablarini aytdi
2022 yilning yanvar oyida so‘mning real samarali almashuv kursi o‘tgan yil dekabr oyiga nisbatan 0,8 foizga mustahkamlandi. Bu haqda Markaziy bankning sharhidan ma’lum bo‘ldi.
Grafik: Markaziy bank
Almashuv kursining mustahkamlanishiga, asosan, savdo-hamkor davlatlar valyuta kurslarining qadrsizlanishi, shuningdek, ichki inflyatsiya darajasining savdo-hamkorlarga nisbatan yuqoriligi hissa qo‘shdi.
Oshiruvchi omillar — savdo-hamkor davlatlar valyuta kurslari o‘zgarishi (3,1 foiz band), ichki inflyatsiya (0,9 foiz band), so‘m almashuv kursi (0,3 foiz band).
Pasaytiruvchi omil — savdo-hamkor davlatlar inflyatsiyasi (3,5 foiz band).
Savdo-hamkor davlatlar valyutalari kursi yanvar oyi davomida AQSH dollariga nisbatan turlicha dinamikani namoyon etdi:
Rossiya rubli 3,4 foizga (74,8 dan 77,3 ga) qadrsizlandi. Bu Rossiya va G‘arb davlatlari o‘rtasida geosiyosiy masalalarda konsensusga erishilmayotgani va yuqori noaniqliklar bilan izohlanadi.
Qozog‘iston tengesi neft narxining o‘sishi fonida biroz (0,07 foizga) mustahkamlandi.
Turk lirasi 2022 yil yanvar oyi davomida tebranish bilan shakllanib, biroz mustahkamlandi. Bunga o‘tgan yil dekabr oyida amalga oshirilgan katta hajmdagi intervensiyalar va Turkiya hukumati tomonidan milliy valyutani qo‘llab-quvvatlovchi chora-tadbirlar asosiy hissa qo‘shdi.
Xitoy yuani yanvar oyi davomida kichik tebranishlar bilan shakllanib, o‘tgan oyga nisbatan deyarli o‘zgarmadi.
2022 yil yanvar oyida ham asosiy savdo-hamkor davlatlarning deyarli barchasida inflyatsiya ko‘rsatkichi o‘sishda davom etdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"