World Gold Council 2021 yil dekabr oyida jahon bozoridagi oltin oldi-sotdisi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston noyabr oyida 21,5 tonna oltin sotganidan keyin yilning oxirgi oyida 8,4 tonna sotib olib, zaxiralarni to‘ldirdi.
“Oltin zaxiralarini faol boshqarayotgan O‘zbekiston uchun bunday oldi-sotdi odatiy hol”, – deyiladi World Gold Counsil sharhida.
Dekabr oyidagi yalpi xaridlarda 3ta mamlakat yetakchilik qilgan: Turkiya, O‘zbekiston va Hindiston.
Turkiya 10,1 tonna oltin sotib olib, oltin zaxirasini 394,2 tonnaga yetkazdi. Hindiston esa qo‘shimcha 3,7 tonna oltin sotib oldi va yil oxiriga kelib umumiy oltin zaxiralari 754,1 tonnaga yetdi.
Qirg‘iziston (1,1 t), Chexiya (0,4 t) va Ukraina (0,3 t) ham oy davomida yirik xaridlarni amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi yil boshida 35,13 mlrd dollarni tashkil qilgandi. Raqamlar o‘tgan bir oyda O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari qariyb 400 mln dollarga ko‘payganini ko‘rsatmoqda.
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov yanvar oyida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida regulyator har oyda 80-100 tonna monetar oltin sotishini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi