
Foto: GNK
2022 yil 1 yanvardan QR-kodli xarid cheklarini «Soliq» mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1 foizlik keshbekka ega bo‘lmoqda.
Sotib olingan tovarlar qaytarilganda tadbirkorlik sub’ektlarida xarid cheklariga tuzatish kiritish imkoniyati mavjudligini va ular tomonidan soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlari hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanasigacha etib belgilanganini inobatga olgan holda keshbek summasi 21-25-sanalarda qaytarilishi ma’lum qilindi.
Ya’ni, yanvar uchun fevral oyining 21-25-sanalarida, fevral uchun esa mart oyining 21-25-sanalarida keshbek qaytariladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar