
O‘zbekiston va Eron o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim loyihasini imzolashga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi, o‘zaro maqbul yechimlar ishlab chiqildi va kelishib olindi.
Tomonlar ikki mamlakat bozorlarida xaridorgir oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni qayd etib, o‘zaro savdo salohiyatidan to‘liq foydalanish zarurligi to‘g‘risida yakdil fikrga keldi.
Shuningdek, ikki mamlakat bojxona organlari o‘rtasida ikkala davlat bo‘ylab tovarlar va transport vositalari harakati bo‘yicha elektron axborot almashinuvi to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishini jadallashtirishga kelishildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikning boshqa masalalari, jumladan, O‘zbekiston va Eron o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 14-yig‘ilishi kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar