O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 14 mart, dushanba kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursini oshirdi.
Aksariyat banklar 1 AQSH dollarini 10 945—10 990 so‘m oralig‘ida sotib olishni, 11 050 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Bu eng yangi yuqori ko‘rsatkich.
Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:
«Davrbank»: sotib olish — 10 970 so‘m, sotish — 11 055 so‘m.
«Ipak yo‘li bank»: sotib olish — 10 950 so‘m, sotish — 11 050 so‘m;
«Hamkorbank»: sotib olish — 10 990 so‘m, sotish — 11 050 so‘m;
«Turonbank»: sotib olish — 10 945 so‘m, sotish — 11 045 so‘m;
«Mikrokredit bank»: sotib olish — 10 970 so‘m, sotish — 11 050 so‘m;
«Kapitalbank»: sotib olish — 10 970 so‘m, sotish — 11 020 so‘m.
Eslatib o‘tamiz, AQSH dollarining o‘zbek so‘miga nisbatan rasmiy qiymati 3 martdan buyon ko‘tarilib kelayotgandi. 4 mart kuni dollarning rasmiy kursi ilk bor 10 900 so‘mdan oshdi. Shu kuni tijorat banklarida dollar kursi 10 955 so‘mgacha, 11 mart kuni esa 11 010 so‘mgacha ko‘tarildi. Markaziy bank ham xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14 martda amalda bo‘ladigan qiymatini belgilagan — 10 998,06 so‘m. Hisob palatasi prognoziga ko‘ra, 2022 yilda ushbu valyuta kursi 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi